

Bu klub safida Sadriddin Abdullaev va Farhod Tojiev to'p tepgan edilar. Endi ular o'zbekistonlik boshqa bir hujumchi, Temurxo'ja Abduxoliqovga qiziqyaptilar. Oliy liga to'puraridan tashqari, ketma-ket uchinchi marotaba O'zbekiston chempioni degan unvonni qo'lga kiritgan Kaxi Maxaradzeni ham o'z saflariga qo'shib olmoqchilar.
Klub skautlari kuni kecha bo'lib o'tgan "Lokomotiv" - "Metallurg" jamoalari o'rtasidagi o'yinni bevosita stadiondan kuzatganlar.



