


2022 yilda "Jar", "Buxoro", "Xorazm", "Istiqlol" stadionlari maysasi yangilandi.
2023 yilda AGMK, "Surxon", "Andijon", "So'g'diyona" klublari maydoni yangilanadi. Unga qadar ular boshqa stadiondan foydalanadi.
So'g'diyona stadioni shu yilning may oyiga qadar tayyor bo'lishi rejalashtirilgan. "Andijon" va AGMK stadionlari foydalanishga qachon topshirilishi hozircha aniq emas. Surxon klubni qabul qilib olish ishlarini yakunlagach, stadion masalasida aniq rejasini taqdim etishi ko'zda tutilgan.



