

Mazkur fakt bo'yicha quyidagilar ma'lum qilindi:
17 sentyabr kuni "Surxon" futbol klubi binosida sobiq futbolchilar J.E. va A.X. hamda jamoa sardori A.G. o'rtasida futbolchilar bino devoriga rahbatiyat nomiga haqoratli yozuvlar qoldirganliklari tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Shu kunning o'zida Mirzo Ulug'bek tumani IIO FMBga sportchilardan badan shikastlari etkazilgani to'g'risida ariza kelib tushdi.
Mazkur fakt bo'yicha tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Tekshiruv yakuni bo'yicha qonuniy chora ko'riladi.



