"Surxon" Turkiya yig'inini g'alaba bilan yakunladi

Mirjalol Normatov
13 fev 2025
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Surxon" Turkiya yig'inidagi so'nggi nazorat o'yinida maydonga tushdi.

Sparring raqib sifatida Gruziyaning "Rustavi" jamoasi tanlab olindi. Bahs taqdirini yagona gol hal qildi.

"Surxon" - "Rustavi" 1:0

Gol: Sarvar Abduhamidov (76).

"Surxon": Davron Merganov, Behruz Karimov, Jamoliddin Xo'janiyozov, Behzod Shamsiev, Doston Tursunov, Kirill Kolesnichenko, Dmitriy Pletnyov, Muhammad-Ali Abdurahmonov, Behruz Shaydulov, Dmitriy Kratkov, Sunnatilla Poyonov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia