"Surxon" safiga ukrainalik legioner kelib qo'shildi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2019
Bundan bir necha daqiqalar oldin "Surxon" jamoasi lageriga ukrainalik legioner Mikola Agapov kelib qo'shildi.

1993 yilning 13 noyabrida ukrainada tug'ilgan ushbu futbolchi o'ng qanot yarim himoyachsi hisoblanadi.

Ushbu futbolchi faoliyati davomida Ukrainaning "Desna" va "Xarkov", Turkiyaning "Gebzespor" va "Iselspor" jamoalarida to'p surgan.

Futbolchi "Surxon" jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сурхон” матбуот хизмати