"Surxon" rossiyalik futbolchisi bilan kelishuvini 2 yilga uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2026, 18:30
"Surxon" matbuot xizmati Jamaldin Xodjaniyazov bilan shartnoma 2 yilga uzaytirilganini ma'lum qildi.

"Klubimiz jamoaning yetakchilaridan biri - Jamaldin Xodjaniyazov bilan shartnomani 2 yilga uzaytirganini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi. "Surxon" safida o'tkazgan so'nggi 1,5 mavsum davomida tajribali, 29 yoshli markaziy himoyachi jamoamizning yetakchilaridan biriga aylandi. U ushbu davrda 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ularning 14 tasida darvozamiz daxlsiz saqlanib qoldi.

Jamaldinning tajribasi, yetakchilik fazilatlari va barqaror o'yini jamoamiz uchun katta ahamiyatga ega", – deyiladi termizliklar xabarida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати