"Surxon" mashg'ulotlariga faoliyatini Rossiyada boshlagan o'zbekistonlik futbolchi qo'shildi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2020, 22:02
Toshkentda navbatdagi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Surxon" jamoasi safiga yana bir Surxondaryolik futbolchi kelib qo'shildi.

O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Toshkentning "Lokomotiv" jamoasida o'tkazgan Javoxir Esonqulov jamoamiz mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Ma'lumot o'rnida, u 1997 yilning 20 aprel kuni Surxondaryo viloyatida tug'ilgan. 8 yoshida ota-onasi bilan Rossiyaning Saratov tumaniga ko'chib ketgan. 10 yoshida Rossiyaning "Sokol" klubida faoliyatini boshlagan. 2013 yilgacha ushbu klubda to'p tepgan. Birinchi murabbiyi Sergey Aleksandrovich Podmetalin.

Shundan so'ng futbolchi 2013 yilda yana O'zbekistonga qaytib kelgan.

Faoliyatida davomida "Bunyodkor", "Qizilqum", "Nasaf", "Metallurg", "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" jamoalarida to'p tepgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сурхон” матбуот хизмати