"Surxon" - "Mashal" uchrashuviga kirish bepul

Alisher
25 noya 2021
Superliga so'nggi 26-tur doirasida "Surxon" - "Mashal" o'yini bo'lib o'tadi.

"Ko'pchilik muxlislarimizning talab va istaklarini inobatga olgan holda klub rahbariyati bu uchrashuvga kirishni ham mutlaqo bepul qildi. 

"Surxon"ning ushbu turdagi g'alabasi jamoani 10-o'rinni egallashiga zamin yaratadi.

Shunday ekan, aziz futbol futbol ishqibozlarimizni 27-noyabr kuni soat 15:00 da muhtasham "Surxon" arena o'yingohida bo'lib o'tadigan "Surxon" - "Mashal" uchrashuviga taklif etamiz", - deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати