"Surxon" 2 nafar legioner bilan xayrlashdi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2024, 14:40
Bu haqda Termiz jamoasi mutbuot xizmati xabar berdi.

"Artyom Sokol va Tamirlan Jamalutdinov jamoamizni tark etishdi. Bular – belaruslik himoyachi Artyom Sokol va rossiyalik yarim himoyachi Tamirlan Jamalutdinov", – deyiladi xabarda.

Artyom Sokol o'tgan mavsum termizliklar safida 22 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Tamirlan Jamalutdinov esa 22 ta o'yinda qatnashib, 3 ta to'p kiritgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.

Avvalroq tajribali Egor Krimec "Surxon" muxlislariga sof o'zbek tilida murojaat qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати