Suriyaga qarshi o'yindan nima kutayapsiz? Sardor Rashidov javob beradi

Narzulla Saydullayev
23 mar 2017, 11:30
Suriya - O'zbekiston uchrashuvidan oldin bir qator futbolchi va murabbiylarimizning fikrlari bilan qiziqdik.

Sardor Rashidov, terma jamoa yarim himoyachisi:

- Barchamizning kayfiyatimiz a'lo darajada. Dubay orqali Kuala-Lumpur shahriga yetib keldik. Tayyorgarliklar Toshkentda boshlanib, bir kun Dubayda davom etdi. Hozir Malayziyada Suriyaga qarshi kechadigan muhim uchrashuvga tayyorgarlikni maromiga etkazyapmiz. Bu erga faqat g'alaba ilinjida keldik. O'zga natija bizni qoniqtirmaydi. Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun Suriyani mag'lub etishimiz shart. Bu terma jamoani nimaning evaziga mag'lub etishimiz mumkin? Menimcha, tezkor gol kiritib olsak, ishimiz ancha engillashadi. Chunki, suriyaliklar himoyada mustahkam o'yin namoyish etishadi. Bizga qarshi kechadigan uchrashuvda ham ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashadi. Yani, himoyada harakat qilishadi. Buni taxmin qilish qiyin emas. O'z o'yinimizni namoyish eta olsak, Toshkentga albatta, g'alaba bilan qaytamiz.


K.Alimov yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia