Superliganing qoldirilgan 4 ta uchrashuvi sabab iyun oyi taqvimida o'zgarish yuz berdi

Alisher
19 may 2024, 14:05
U23 O'zbekiston termasining Osiyo kubogidagi ishtiroki sabab Superliganing "Olimpik", "Paxtakor" va "Nasaf" klublari ishtirokidagi umumiy 4 ta o'yini qoldirilgandi.

Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi termaning iyun oyidagi rejalari aniq bo'lgach, Liga taqvimni shakllantirdi.

Iyun oyida Kapadze boshqaruvidagi U23 O'zbekiston termasi Toshkentda 2 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Milliy terma esa 11 iyun kuni safarda Eronga qarshi maydonga chiqadi. Shuningdek, 3-6 iyul kunlari O'zbekiston kubogining 1/8 final bellashuvlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Superliganing qoldirilgan o'yinlari uchun yangi sanalarni aniqlashda mana shu omillar inobatga olindi hamda 11-13 tur o'yinlariga o'zgartirishlar kiritildi.

Taqvimdagi o'zgarishlar Liga taqvim rejasida aks etgan. Uni fayl sifatida yuklab olish imkoniyati ham mavjud.


6-tur

"Dinamo" - "Olimpik" (13 iyun)


11-tur

"Metallurg" - "Bunyodkor" (14 iyun)

"Neftchi" - "Surxon" (15 iyun)

"Qizilqum" - "Andijon" (15 iyun)

"So'g'diyona" - "Nasaf" (16 iyun)

"Paxtakor" - "Navbahor" (16 iyun)

"Lokomotiv" - "Dinamo" (17 iyun)

"Olimpik - OKMK (17 iyun)


12-tur

"Surxon" - "Metallurg" (19 iyun)

"Navbahor" - "Qizilqum" (20 iyun)

"Nasaf" - "Neftchi" (20 iyun)

OKMK - "Paxtakor" (21 iyun)

"Bunyodkor" - "Olimpik" (21 iyun)

"Lokomotiv" - "So'g'diyona" (22 iyun)

"Dinamo" - "Andijon" (22 iyun)


13-tur

"Olimpik" - "Surxon" (25 iyun)

"Andijon" - "Navbahor" (26 iyun)

"Metallurg" - "Nasaf" (26 iyun)

"Neftchi" - "Lokomotiv" (27 iyun)

"Paxtakor" - "Bunyodkor" (27 iyun)

"So'g'diyona" - "Dinamo" (28 iyun)

"Qizilqum" - OKMK (28 iyun)


5-tur

"Metallurg" - "Olimpik" (30 iyun)

"Nasaf" - "Navbahor" (30 iyun)

"Neftchi" - "Paxtakor" (1 iyul)

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ЎзПФЛ