Superliga. Tur murabbiyi - Mirjalol Qosimov

Tolibjon Qosimov
3 iyul 2020, 18:59
Coca Cola Superligada 7-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib borayapmiz.

Video Superliga. Tur goli - Shahzod Ubaydullaev


Ortda qolgan 7-turning eng yaxshi murabbiy deb AGMK ustozi Mirjalol Qosimov topildi. Olmaliqliklar o'z maydonlarida "Nasaf"ni qabul qilishdi. Joriy mavsum Superliga hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan ikki klub to'qnashuvida Qosimov shogirdlari ustunlik qilishdi. Avvaliga S.Tursunov penaltidan hisobni ochdi, 27-daqiqada M.Stanoevich muvozanatni tiklagan bo'lsa, o'yinga yakuniy nuqtani 56-daqiqada Erkin Boydullaev qo'ydi.

Shu tariqa, Superliga-2020da g'alabali seriyani davom ettirgan AGMK sarboni Mirjalol Qosimov 7-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.



O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> SUPERLIGA

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia