Superliga. "So'g'diyona" "Surxon" ustidan irodali g'alabaga erishdi, Norxonovdan dubl

Narzulla Saydullayev
1 apr 2021
Coca Cola Superliganing 4-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin.


SO'G'DIYONA – SURXON - 2:1
1 aprel 2021 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni.
Hakamlar
: Asker Najafaliev, Sanjar Shoyuspupov, Alisher Usmonov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Ongar Jalimov.

Gol: Islom Toshpo'latov 45+2 penalti, - 0:1. Shohruz Norxonov 59, - 1:1 (Arslanmirat Amanov). Shohruz Norxonov 90+5, - 2:1 (Javohir Qahramonov).

Amalga oshirilmagan penalti: Islom Toshpo'latov 88 (ustun).

"So'g'diyona": 1.Shirinboy Abdullaev, 2.Sardor Qulmatov, 5.Ayubxon Nomanov, 6.Iskandar Shaykulov (20.Bahodir Nasimov, 46), 7.Arslanmirat Amanov (19.Javohir Qahramonov, 71), 8.Jamshid Boltaboev, 10.Shohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov, 17.Shahboz Jo'rabekov, 28.Ergash Ismoilov, 31.Luke Chermel.
Zaxira: 37.Alisher Pirmatov, 4.Elyor Oripov, 9.Oybek Nurmatov, 63.Asiljon Begimqulov, 93.Marko Kolakovich.

"Surxon": 13.Akrom Xodjaev, 5.Jasurbek Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Islom Toshpo'latov (8.Jahongir Ahmadov, 90+3), 10.Murodbek Bobojonov (14.Jasur Xolto'raev, 68), 11.Zohir Pirimov, 15.Vladimir Bubanya, 18.Eldor Boymatov (60.O'ral Choriev, 39), 20.Husniddin G'ofurov, 66.Behruz Shaydulov, 77.Asror G'ofurov.
Zaxira: 12.Rustam Nartadjiev, 9.Nizomjon Norov, 38.Muhammad Ali Abdurahmonov, 70.Ibrohim Yo'ldoshev.

Ogoxlantirish: Iskandar Shoyqulov 11, Shohruz Norxonov 17, Shahboz Jo'rabekov 45+1.


YANGILASH



90+6. O'yin yakunlandi! "So'g'diyona" 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 

90+5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHOHRUZ NORXONOV! 2:1. Qahramonovning jarima to'pidan uzatgan to'pini Norxonov darvozaga yo'lladi! 



90+3. O'zgarish. "Surxon". Islom Toshpo'latov o'rniga Jahongir Ahmadov

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

88. ZARBAAAAAAAAAAAA! Islom Toshpo'latovning zarbasidan keyin to'p ustunga tegib qaytdi, gol yo'q!



86. PENALTI! "So'g'diyona" darvozasi tomon! Sardor Qulmatov Zohir Pirimovni yiqitgani uchun

81. UXXX! Jasur Hasanovning ajoyib to'p uzatishidan keyin Javohir Qahramonov yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi!

80. ZARBAA! Hasanov uzatgan to'pni Jo'rabekov boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

79. "So'g'diyona" hisobni tenglashtirgach katta kuch bilan yana oldinga o'tmoqda va gol urishga urinmoqda, "Surxon" katta kuch bilan himoyalanmoqda!

71. O'zgarish. "So'g'diyona". Amanov o'rniga Qahramonov tushdi

68. O'zgarish. "Surxon". Murod Bobojonov o'rniga Jasur Xolto'raev maydonga tushdi

65. Xavfli vaziyat! Bahodir Nasimov chalqancha zarba bermoqchi edi, o'xshamadi!

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Shohruz Norxonov hisobni tenglashtirdi - 1:1. O'ng qanotdan Amanov uzatgan to'pni Norxonov boshi bilan darvozaga yo'lladi. 




58. Xavfli vaziyat! Bubanya zarba berishga urindi, unga Luka Chermel xalal berdi

55. Xavfli vaziyat! Chap qanotdan Hasanov uzatgan to'pni Amanov boshi bilan sherigiga uzatdi, Norxonovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Xodjaev qaytardi! 

50. Superliga o'yinlaridagi barcha gollarni telegramdagi kanalimiz orqali TOMOSHA QILISH mumkin 

46. O'zgarish. "So'g'diyona". Iskandar Shaykulov o'rniga Bahodir Nasimov tushdi


45+3. Birinchi taym yakunlandi

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Islom Toshpo'latov penaltidan gol urdi - 0:1



45+1. PENALTI! "So'g'diyona" darvozasi tomon! Shahboz Jo'rabekov o'z jarima maydoni ichida qo'li bilan o'ynagani uchun




45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

39. O'zgarish. "Surxon". Boymatov o'rniga Choriev tushdi

37. "So'g'diyona" vakillari ketma ket burchak to'plarini amalga oshirishdi, ammo gol yo'q

33. Mezbonlar katta tashabbusga ega bo'lishmoqda

22. UXXXXXXXXXXXXXXXX. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT. Mezbon jamoa futbolchilarining jarimadan yo'llagan zarbasini "Surxon" posboni Akrom Xo'jaev qaytardi. 

20. ZARBAAAAAAAAAAA. Arslanmirat Amonovning zarbasi biroz noaniq chiqdi. 

19. O'yin tempi yuqori emas.  Keskin vaziyatlar kam kuzatilmoqda.

17. OGOXLANTIRISH. "So'g'diyona", Shohruz Norxonovga sariq kartochka ko'rsatildi

11. OGOXLANTIRISH. "So'g'diyona", Iskandar Shoyqulov ogoxlantirildi.

6. ZARBAAAAAAAAAAAAAAA.  Norxonovning zarbasi o'ta kuchli va noaniq chiqdi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia