Superliga. "Paxtakor" - "Nasaf". Jamoalar stadionga yetib kelishdi
Tolibjon Qosimov
5 apr 2019, 17:10
Bugun Superliga 3-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv bo'lib o'tadi.
Unda "Paxtakor" jamoasi "Nasaf"ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:00da start oladi.
Shota Arveladze boshchiligidagi mezbonlar "Paxtakor" stadioniga 16:10da kelishdi, Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiyligidagi mehmonlar esa 16:27da stadionga yetib kelishdi.