Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida "Andijon"ni yirik hisobda mag'lub etdi

admin
4 sen 2026, 22:05
Superliga 20-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Superliga, 20-tur

“Paxtakor” – “Andijon” 3:0

Gollar: 21 - Zaid Tahsin, 29 - Sardor Sobirxo'jaev, 69 - Muhammadrasul Abdumajidov

Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20:15

Bosh hakam: Doston Rahmonov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yo'ldoshev, Sardor Umirzaqov

Zaxira hakami: Shohnur Boymatov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Umidjon Rahimjonov

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Oybek Davletmuratov

“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 7.Xojiakbar Alijonov, 8.Dilshod Saitov, 10.Akmal Mozgovoy (6.Sardor Mirqobilov, 90+1’), 21.Bashar Resan (34.Sherzod Nasrullaev, 86’), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 50.Flamarion (9.Ibrohim Ibragimov, 69’), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 15.Amirxon Muradov, 16.Miraziz Abdukarimov, 37.Farid Farhodov, 63.Yahyo O'rinboev, 90.Stefan Chinedu (29.Ayman Hussayn, 86’).

“Andijon”: 19.Artyom Potapov, 8.Shohmalik Komilov (11.Humoyunmirzo Iminov, 46’), 9.Imeda Ashortia (7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 46’), 14.Abdurahmon Komilov (1.Eldor Adhamov, 63’), 15.Nemanya Chalasan, 18.Damir Temirov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 33.Doniyor Abdumannopov (28.Bekzod Sulaymonov, 70’), 99.Rustam Turdimurodov (27.Martin Boake, 64’).

Zaxira: 2.Odilbek Abdumajidov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 10.Dragan Cheran, 88.Shohjahon Yorqinboev.

Ogohlantirishlar: 77 - Akmal Mozgovoy

Chetlatish: 59 - Artyom Potapov

90+3. O'yin yakunlandi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

83. Humoyunmirzo Iminovning jarima zarbasidan tepgan to'pini Sanjar Quvvatov ajoyib tarzda bartaraf etdi!

79. Boake gol urdi, ammo bu holatda offsayd bo'lgan ekan.

77. “Andijon” yana oldinga o'tmoqda, hujumlar soni ortmoqda.

73. Basharning zarbasidan so'ng Adhamov to'pni qaytardi!

70. Hisob yanada yiriklashdi, buyog'iga maydonda 11 ga 10.

2026-09-04 21.55.57.jpg

69. GOL! Muhammadrasul Abdumajidov hisobni yiriklashtirdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Abdumajidov bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!

63. Abdurahmon Komilov maydonni tark etdi, uning o'rniga darvozabon Eldor Adhamov o'yinga qo'shildi.

61. Qizil kartochka tasdiqlandi, “Andijon” buyog'iga bir kishi kam bo'lib o'ynaydi.

60. Yuzaga kelgan holat VARda ko'rilmoqda.

59. Ayman andijonlik posbon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, Artyom esa uni yiqitdi. Bosh hakam darvozabonga qizil kartochka ko'rsatdi.

54. “Andijon” vaziyatlar yaratishga intilmoqda, ammo o'xshamayapti.

2026-09-04 21.51.04.jpg

49. O'yin tempi biroz pasaygan birinchi bo'limga nisbatan.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+1. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

42. Hojiakbar Alijonovning o'ngdan erlatib uzatgan to'pini Potapov ushlab oldi.

38. Alijonov juda qulay vaziyatga chiqib borib to'pni erlatib zarba berdi, birozgina noaniq ketdi… Vaholanki, u o'zini pas berdi, deb hisoblamoqda…

32. Navbatdagi zarba Ashortiadan bo'ldi, bunisi kuchsiz chiqdi, to'pni Quvvatov ushlab oldi.

30. Doniyor Abdumannopovdan zarba! Biroq birozgina noaniq bo'ldi…

30. Andijonliklar yanada qiyin holatda qolmoqda…

29. GOL! Sardor Sobirxo'jaev hisobni oshirdi! Sardor sherigi bilan “devorcha” uslubida kombanciya uyuyushtirdi va darvozaga zarba berib, gol urdi!

28. Hojiakbar Alijonovning o'yindagi ikkinchi kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi.

24. Dilshod Saitovdan zarba ko'rdik, ammo noaniq bo'ldi.

23. Ashortianing jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasi juda noaniq ketdi.

22. Gol ko'rdik o'yinda, endi “Andijon” yanada faollashishii aniq.

21. GOL! Tahsin hisobni ochdi! Burchakdan uzatilgan to'pni Zaid bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!

19. Muhammadkarim Toirovning jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”dan o'tmadi.

2026-09-04 20.41.03.jpg

16. Mazkur uchrashuvni stadiondan turib O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro kuzatmoqda.

12. Alijonovdan ayyorona zarba, Potapovdan seyv!

10. Shunday deb turganimizda “sherlar”dan hujum ko'rdik, Aymannning zarbasi aniq bo'lmadi.

10. Andijonliklar dastalbki dekadada ustunlik qilmoqda, maydon egalaridan hozircha aytarli vaziyat ko'rmadik.

3. Mehmonlar ilk daqiqalardan hujumga borishdi, dastlabki urinish Rustam Turdimurodovdan bo'ldi, biroq to'p darvozagacha bormadi.

1. O'yin boshlandi.

2026-09-04 21.51.01.jpg2026-09-04 21.50.59.jpg2026-09-04 21.50.51.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 20-turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Andijon” uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia