

Mashg'ulotlar FIFA instruktori rahbarligida o'tkazilib, ishtirokchilarga VAR tizimining amaliy qo'llanilishi, protokollar, kommunikaciya jarayonlari hamda bahsli vaziyatlarni tahlil qilish bo'yicha batafsil tushunchalar beriladi.
O'quv jarayoni nazariy mashg'ulotlar bilan bir qatorda amaliy tahlillar va simulyacion vaziyatlarni ham qamrab oladi. Bu esa hakamlarning o'yin davomida VARdan samarali foydalanish, tezkor va aniq qaror qabul qilish imkoniyatlarini yanada mustahkamlaydi.
Mazkur seminar 2026 yilgi Superliga mavsumi starti oldidan hakamlarimiz uchun bilim va ko'nikmalarni yangilash, shuningdek, VAR bilan ishlashda yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.



