Superliga. Birinchi bosqichdagi ENG, ENG, ENG

Narzulla Saydullayev
21 avg 2018, 15:05
Superligada dastlabki bosqich o'z yakuniga etdi.

– eng ko'p g'alabaga erishgan jamoa:  Paxtakor 14ta.
– eng kam g'alabaga erishgan jamoa: Neftchi 2ta.

– eng ko'p durangga erishgan jamoalar:  Neftchi 9ta.
– eng kam durangga erishgan jamoalar:  Buxoro va Qizilqum 2ta.


– eng kam mag'lub bo'lgan jamoa: Paxtakor 3ta.
– eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoa:  So'g'diyona 13ta.

– eng ko'p to'p kiritgan jamoa: Paxtakor 36ta.
– eng kam to'p kiritgan jamoa:  Neftchi 12ta.

– eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa:  So'g'diyona 32ta.
– eng kam to'p o'tkazib yuborgan jamoa: Paxtakor 12ta.

– eng ko'p yirik g'alabaga erishgan jamoa:  Paxtakor 4ta.
– eng kam g'alabaga erishgan jamoa: Metallurg, Nasaf va Neftchi - 0.


– eng kam yirik mag'lubiyatga uchragan jamoa: Navbahor, Bunyodkor,  Paxtakor va Lokomotiv - 0.
– eng ko'p yirik mag'lubiyatga uchragan jamoa:  Qizilqum va Metallurg 3ta.

– maydonga tushgan eng yosh futbolchi: Jasur Jaloliddinov (Bunyodkor, 16 yosh 80 kunligida)
– maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar Berdiev (Neftchi, 40 yosh 78 kunligida)

– gol urgan eng yosh futbolchi: Islom Kenjaboev (Nasaf) 18 yosh 335 kunligida)
– gol urgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar Berdiev (Neftchi, 40 yosh 32 kunligida)

– sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi: Oston O'runov (Navbahor) 17 yosh 121 kunligida)
– sariq kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar G'ofurov (Bunyodkor, 36 yosh 95 kunligida)

– qizil kartochka olgan eng yosh futbolchi: Abror Ismoilov (Neftchi) 20 yosh 122 kunligida)
– qizil kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Erkin Boydullaev (Qizilqum, 33 yosh 233 kunligida)


– o'yinchilarining o'rtacha yoshi eng kichik bo'lgan jamoa: Nasaf (24 yosh)
– o'yinchilarining o'rtacha yoshi eng katta bo'lgan jamoa: Qizilqum (29,3 yosh)

– eng ko'p to'p kiritgan futbolchi: Ismoil Gonsalvesh (Paxtakor) - 12ta gol.

– bitta o'yinda eng ko'p to'p kiritgan futbolchilar: Elguja Grigalashvili (Qizilqum), Azamat Allaniyozov (Navbahor), Marat Bikmaev (Lokomotiv) va  Ismoil Gonsalvesh (Paxtakor) - 3tadan gol.

– maydonda eng ko'p harakat qilgan futbolchilar: Marko Milich (Qo'qon-1912), Eldorbek Suyunov (Paxtakor) va O'tkir Yusupov (Qo'qon-1912) – 22 o'yin 1980 daqiqa (barcha o'yinlarda o'zgarishsiz).

– eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchi: Jahongir Mehmonov (Navbahor) va Artyom Filiposyan (Buxoro) – 8ta.
– eng ko'p qizil kartochka olgan futbolchilar: Murod Xolmuhammedov (Qo'qon-1912) – 2ta.


– eng ko'p kartochka olgan jamoa: Buxoro – 57ta (55ta sariq va 2ta qizil kartochka).
– eng kam kartochka olgan jamoa: Nasaf – 27ta (25ta sariq va 2ta qizil kartochka).

– eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa: Buxoro – 55ta.
– eng kam sariq kartochka olgan jamoa: Nasaf – 25ta

– eng ko'p qizil kartochka olgan jamoa:  Lokomotiv – 4ta
– eng kam qizil kartochka olgan jamoa: Metallurg va Paxtakor – 0ta.

– eng ko'p penalti tepgan jamoa: Paxtakor - 11ta.
– eng kam penalti tepgan jamoa:  Buxoro, Neftchi va Navbahor - 1ta.

– darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan jamoa: Bunyodkor - 7ta.
– darvozasiga eng kam penalti belgilangan jamoa: Paxtakor, Qo'qon-1912 va Navbahor - 2tadan.


– eng ko'p penalti tepgan futbolchi: Murod Xolmuhammedov (Qo'qon-1912) va Ismoil Gonsalvesh (Paxtakor) - 8tadan.

– eng ko'p penaltidan gol urgan futbolchilar: Murod Xolmuhammedov (Qo'qon-1912) - 8ta.

– eng ko'p “quruq” uchrashuv o'tkazgan darvozabon: Eldorbek Suyunov (Paxtakor) 11ta.

– eng ko'p qayd etilgan hisob: 1:0 (30 marta).

– eng yirik hisob:  Metallurg – Paxtakor 0:5

– eng ko'p gol kiritilgan daqiqalar oralig'i:  85-90 (37ta gol).
– eng kam gol kiritilgan daqiqalar oralig'i:  20-25 (6ta gol).

– eng tezkor gol mualliflari: Jaloliddin Masharipov (Paxtakor) va Suhrob Nurlloev (Metallurg) – 2-daqiqada.

– eng kech gol muallifi: Slavko Lukich (Nasaf), Izzat Abdullaev (So'g'diyona), Boburbek Yo'ldoshev (Neftchi),  Tiago Bezerra (Paxtakor)  – 90+4-daqiqa.  
 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia