Superliga. AGMK o'z uyida "So'g'diyona" bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
5 may 2018, 20:25
Superliganing 10-turidan o'rin olgan AGMK - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning eng asosiy vaziyatlarni kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


90+5. Uchrashuv tugadi. 0:0

90+3. O'zgarish. "So'g'diyona". Sardor Azimov o'rniga Sahob Rashidov tushdi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi

87. ZARBAA! Polvonovning zarbasi noaniq ketdi!

85. O'zgarish. AGMK. Javlon Guseynov o'rniga Kamoliddin Murzoev tushdi

82. O'zgarish. "So'g'diyona". Dilmurod Karimov o'rniga Iqbol Malikjonov tushdi

80. Bugungi bahsni OKMK stadionidan 7845 nafar tomoshabin kuzatmokda.

79. Xavfli vaziyat! "So'g'diyona" darvozasi oldidagi vaziyatda Polvonov ham, Jokich ham gol ura olmadi, Hamroev to'pni ushlab oldi

76. ZARBAA! Qahramon Bahodirovning kuchli zarbasi noaniq ketdi

74. O'zgarish. AGMK. Muzaffar Muzaffarov o'rniga Zafar Polvonov tushdi

72. ZARBA! To'raevning jarimadan yo'llagan zarbasini Hamroev ushlab oldi

71. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Tohir Shamsiddinov

70. Ogohlantirish. AGMK. Muzaffar Muzaffarov

67. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Sardor Azimov

65. O'zgarish. "So'g'diyona". Izzatilla Abdullaev o'rniga Oybek Nurmatov tushdi

62. Ogohlantirish. AGMK. Vladislav Kasminin

62. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Shohruz Norxonov

58. Ogohlantirish. AGMK. Xurshidbek Muxtorov

54. Ogohlantirish. "So'g'diyona". Izzatilla Abdullaev

50. ZARBA! Norbekov havodan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, Hamroev o'z o'rnida

46. Ikkinchi taym boshlandi

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi hozircha 0:0. 

45+2. AGMK jarima to'piga ega bo'ldi, Hamroev to'pni egallab oldi, Chemirtan unga nisbatan qo'pollik ishlatdi

45+1. Qahramon Bahodirovning kuchli zarbasi noaniq ketdi

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi

40. Futbolchilar juda ko'p bor maydonga yotib olishmoqda. Vaqt ketmoqda

34.  ZARBAAAAAAA! Muzaffarov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Norbekovning zarbasini Dilshod Hamroev qaytardi! Ajoyib seyv!

30. Xavfli vaziyat! Lutfulla To'raev jarima to'pini amalga oshirdi, Muzaffarov to'pni egallab olib zarba berdi, to'p yo'liga Melziddinov to'g'anoq bo'ldi! 

26. Lutfulla To'raevning to'p uzatishiga Norbekov eta olmadi, Hamroev chaqqonroq harakat qildi

22. Zarba! Dilmurod Karimovning zarbasi darvoza ustunidan o'tib ketdi

15. Xavfli vaziyat! AGMK ajoyib hujum uyushtirdi, ammo to'p noaniq ketdi!

11. ZARBAAA! Lutfulla To'raeving uzatgan to'pini Vadim Chemirtan akrobatik tarzda darvozaga yo'lladi, Dilshod Hamroev to'pni qaytardi va jamoasini goldan qutqardi!

8. Mehmonlar jarima to'piga ega bo'lishdi. Sardor Azimovning jarima maydoniga uzatgan to'pini Norxonov darvozaga yo'lladi, Matyash osongina to'pni ushlab oldi

3. Zarba! Xurshidbek Muxtorovning zarbasi ancha noaniq ketdi

1. O'yin boshlandi.

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.



18:30 - AGMK – “So'g'diyona” 0:0  
5 may 2018. Olmaliq. OKMK stadioni.
Hakamlar:
H.Ro'ziev (Toshkent), B.Kannazarov  (Nukus), J.Sarsenov (Nukus), SH.Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi – I.Nexochin (Namangan).
Komissar – R.Chernikov.

AGMK: Pavel Matyash, Xurshidbek Muxtorov, Muzaffar Muzaffarov (Zafar Polvonov, 74), Shoxnazar Norbekov, Lutfulla To'raev, Vladimir Bubanya, Qahramon Bahodirov, Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Javlon Guseynov (Kamoliddin Murzoev, 85), Vadim Chemirtan
Zaxira: Roman Abdulov, Dilshod Jo'raev, Sanjar Rihsiboev, Ibrohim No'monov, G'ulom Haydar G'ulomov, Abdumalik Abdullaev, Otabek Zokirov

"So'g'diyona": Dilshod Hamroev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Dilmurod Karimov (Iqbol Malikjonov, 82), Doniyor Hasanov, Sardor Azimov (Sahob Rashidov, 90+3), Shoxruz Norxonov, Tohirjon Shamsiddinov, Izzatilla Abdullaev (Oybek Nurmatov, 65), Ruslan Melziddinov
Zaxira: Shirinboy Abdullaev, Siroj Meliev, Murodxo'ja Jabborov, Javohir Xayrullaev, Akmal Xolmurodov,

Ogohlantirishlar: Izzatilla Abdullaev 54, Xurshidbek Muxtorov 58, Shohruz Norxonov 62, Vladislav Kasminin 62, Sardor Azimov 67, Muzaffar Muzaffarov 70, Tohirjon Shamsiddinov 71.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia