Superliga. AGMK - "Metallurg". Muvozanatni kim o'z tomoniga og'diradi?

Iskandarov Abdulaziz
3 avg 2022, 11:12
Bugun Superliganing 14-tur uchrashuvlari yakunlanadi.

Olmaliqda turning yana bir qiziqarli o'tishi kutilayotgan uchrashuv bor. Toshkent viloyati derbisida AGMK o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi. Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlardagi statistikasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, tenglikni ko'rishimiz mumkin.  Ikki klubda ham bir hil 13tadan g'alaba bor. Superliga doirasida kechgan 29ta bellashuvda darvozalarga AGMK 50ta, "Metallurg" 48ta to'p kiritgan. Olmaliqliklarning eng yirik hisobdagi g'alabasi 4:1, bekobodliklarniki esa 4:2. Mirjalol Qosimov shogirdlari uyda faqat bir marotaba "Metallurg"ga mag'lubiyatga uchragan (2018 yil, 2:3). 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia