Superliga. 6-tur laureatlari aniqlandi

Narzulla Saydullayev
30 apr 2019
Saytimiz o'z ananasiga muvofiq Superliga 6-turining eng yaxshilarini aniqladi.


Tur darvozaboni - Abduvohid Ne'matov ("Nasaf")
2001 yilda tug'ilgan "Nasaf" posboni Abduvohid Ne'matov championat.asia talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 18 yoshli darvozabon AGMK bilan uchrashuvda Superligadagi debyutini o'tkazdi. Mazkur bahsda Ne'matov o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q va bir necha marta "ajdarlar"ni gollardan qutqarib qoldi. Superligadagi ilk uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolish uncha-muncha posbonning qo'lidan kelavermaydi. Quvonarlisi Ro'ziqul Berdiev jamoasida ikki nafar yosh posbon yetishib chiqmoqda.




Tur futbolchisi - Humoyun Murtozaev ("Nasaf")
Ortda qolgan turda eng yaxshi futbolchi bo'lish uchun nomzodlar ko'p edi. Ular orasida "Nasaf" hujumchisi Humoyun Murtozaevni eng yaxshi deb topdik. Futbolchi 6-turda AGMK bilan bahsda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'yishga erishdi va jamoasining yirik g'alabasiga xissa qo'shdi. Bir necha yil davomida "Mashal" sharafini himoya qilgan Murtozaev bu yil "ajdarlar" safiga o'tdi va jamoaning muhim a'zolaridan biriga aylanib oldi. Shunday davom etsa mavsum yakunida to'purarlar poygasida yuqori pog'onalarda bo'lishiga ishonamiz.



Tur murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")
Saytimiz talqiniga ko'ra 6-turning eng yaxshi murabbiyi deb Qarshining "Nasaf" klubi ustozi Ro'ziqul Berdiev tan olindi. Ha, bu tur barcha laureatlar "Nasaf"dan bo'ldi. Ko'pchilik buning uchun bizni tanqid qilishi mumkin, lekin "ajdarlar"ni mana shunday yosh tarkib bilan o'ynayotgan va kerak bo'lsa raqiblarni yirik hisobda mag'lub etayotgan Ro'ziqul Berdievga tan berish kerak. "Nasaf" o'tgan turda Andijondagi mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlab, o'z maydonida Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMKni 4:0 hisobida mag'lub etdi.



championat.asia talqiniga ko'ra tur laureatlari:

1-tur

Darvozabon - Xurshid Xodjaev ("Buxoro")
Murabbiy - Shota Arveladze ("Paxtakor")
Futbolchi - Dragan Cheran ("Paxtakor")

2-tur
Darvozabon - Botirali Ergashev ("Dinamo")
Murabbiy - Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")
Futbolchi - Elguja Grigalashvili ("Qizilqum")

3-tur
Darvozabon - Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor")
Murabbiy - Andrey Miklyaev ("Surxon")
Futbolchi - Zafar Polvonov (AGMK)

4-tur
Darvozabon - O'tkir Yusupov ("Navbahor")
Murabbiy - Andrey Kanchelskis ("Navbahor")
Futbolchi - Jasur Jaloliddinov ("Bunyodkor")

5-tur
Darvozabon - Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor")
Murabbiy - Andrey Kanchelskis ("Navbahor")
Futbolchi - Lutfulla To'raev ("Bunyodkor")


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia