Superliga-2019: Maydonga tushgan eng yosh futbolchi rekordi yangilandi

17 iyun 2019, 19:20
"Paxtakor"ning "Buxoro"ga qarshi safardagi bellashuvida yosh iqtidorli futbolchi O'zbekiston chempionatidagi debyutini nishonladi.

"Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan Ruslan Roziev "Buxoro" bilan uchrashuvda 16 yosh 218 kunligida maydonga tushdi. U Superligada debyutini "Paxtakor"ning 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan boshlaganini eslatib o'tamiz. Bungacha joriy mavsumda 16 yosh 300 kunligida o'ynagan "Bunyodkor" futbolchisi Jasur Jaloliddinov eng yosh debyutant bo'lib turgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: pakhtakor.uz