Superkompyuter Chempionlar ligasi favoritlari nomini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
28 apr 2025, 22:18
Opta Sports superkompyuteri "Inter"ning Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish imkoniyatini pasaytirdi.

Chorak final o'yinlaridan so'ng yarim final ishtirokchilarining g'alaba ehtimoli quyidagicha edi: "Arsenal" – 28,7%, "Inter" – 25,5%, PSJ – 24%, "Barselona" – 21,8%.  

Bu klublarning birinchi o'yinlaridan bir kun oldin imkoniyatlari quyidagicha baholanmoqda: "Arsenal"ga 31,3%, "Barsa"ga – 27,4%, "PSJ"ga – 22%, "Inter"ga – 19,2%.  

Londonliklar parijliklar bilan 29 aprel kuni, kataloniyaliklar milanliklar bilan 30 aprel kuni o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Optus Sport