Superkompyuter "Arsenal" chempionligiga ishonmoqda

Sherzod Nurmatov
25 yanv 2023
FiveThirtyEight tizimi APLdagi 2022/2023 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha o'z nuqtayi nazarini qayta ko'rib chiqdi.

Bunga 22 yanvar kungi "Arsenal"ning "Manchester Yunayted" ustidan qozongan g'alabasi sabab bo'ldi. Superkompyuter "kanonirlar" 89 ochko bilan chempionlikni qo'lga kiritishiga ishonmoqda. "Manchester Siti" esa 4 ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi bo'ladi.

Shuningdek, kuchli to'rtlikdan "Manchester Yunayted" (71 ochko) va "Nyukasl" (69 ochko) joy oladi. "Liverpul" (65 ochko) va "Tottenxem" (64 ochko) Yevropa Ligasiga, "Brayton" (63 ochko) Konferenciya Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

"Chelsi" sakkizinchi o'rinni egallaydi va evrokuboklarga chiqa olmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: FiveThirtyEight