Sulsher Ronalduning MYUga o'tishi borasida u bilan gaplashdi. Krishtianu qaytishga tayyor

Alisher
22 may 2021, 13:12
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytishga tayyor.

Manchesterliklar portugaliyalik futbolchi bilan aloqaga chiqishdi va o'z qiziqishlari haqida uni ogoh etishdi.

36 yoshli o'yinchi bilan shaxsan MYU bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher aloqaga chiqdi va o'z rejalarini bayon qildi.

Forvardning o'zi "Manchester Yunayted"ga qaytishga tayyor. Qayd etish kerakki, u oldin hech qachon hozirgidek qaytishini jiddiy tarzda ko'rib chiqmagan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As