Sulsher: “Raqib Turkiya chempioni, shunday ekan o'yin oson bo'lmaydi”

Aslanov Jasurbek
24 noya 2020, 09:09
MYU ustozi YCHL 4-turi doirasida “Istanbul Bashakshehir” klubiga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Raqib Turkiya chempioni, shunday ekan qiyin bo'ladi. Birinchi o'yinda hech qanday hayratlarni narsa guvohi bo'lmadik, ammo diqqatni yana ham yaxshiroq jamlab o'ynashga to'g'ri keladi.

Ko'proq sabr namoyish etib, iloji boricha pozitsion tartibli o'yin ko'rsatish lozim. Guruhdan chiqish uchun minimum 10, balki 12 ochko kerak bo'ladi. Biz ertangi bahsda g'alaba qozonishga, shunda ham ishonchli g'alaba qozonishga harakat qilamiz”, - deydi Sulsher.

MYU-“Istanbul” uchrashuvi bugun tunda 01:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA