Sulsher - YCHL haqida: "Barcha jamoalar kuchli raqiblarga qarshi o'ynashni istashadi"

Mirjalol Normatov
21 iyul 2020, 22:47
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher YCHL uchun kurash haqida gapirdi.

- Yevropa chempionlar ligasi "Yunayted"ning rejalari, moliyaviy barqarorligi, futbolchilar va shahsan Siz uchun qanchalik ahamiyatga ega?

- Barcha klublar yirik turnirlarda gaplashib, dunyoning eng yaxshi jamoalariga raqib bo'lishni istashadi. Bu barchani o'ziga jalb qiladi, shuningdek, "Manchester Yunayted"ni ham.

Biz to'g'ri yo'lda ketayotganimizni barcha ko'rmoqda deb o'ylayman. Barchasi endi o'zimizning qo'limizda. YCHLga chiqishimiz yoki chiqa olmasligimiz klubning moliyaviy holatiga yoki transferlarga qanchalik ta’sir qilishini bilmayman.

Shunchaki navbatdagi ikki o'yinda g'alabaga erishsak bo'ldi, biz YCHLdamiz, - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com