Sulsher De Xea haqida: "U dunyoning eng kuchli darvozaboni. Unda kuchli xarakter bor, men undan juda ham mamnunman"

Alisher
23 iyun 2020, 17:29
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher jamoaning ispaniyalik darvozaboni David De Xeani maqtadi.

"David - dunyoning eng kuchli darvozaboni. U klub miqyosidagi so'nggi 7ta o'yinda 2ta to'p o'tkazib yubordi.

De Xea hozirgacha seyvlar ijro etadi va buning evaziga biz g'alaba qozonmoqdamiz. U muntazam ravishda mashg'ulotlarda mehnat qiladi. Bundan tashqari u kuchli xarakterga ega. Men uning ishidan mamnunman", - deydi Sulsher.

Bundan oldin De Xeani Roy Kin va Gari Nevillar tanqid qilishgandi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" tarbiyalanuvchisi MYUga Madrid klubidan 2011 yilda o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/ManUtd