Sulsher: "APLdagi g'oliblikni cho'zish niyatimiz yo'q"

Mirjalol Normatov
28 mar 2019, 23:44
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yaqin yillarda katta yutuqlarga erishmoqchi.

"Biz APL sovrinini boshimiz uzra ko'tarmoqchimiz. O'tmishda buni ko'p bora eplaganmiz. Buni bajarish juda qiyinligini bilaman, ammo APLdagi g'oliblikni cho'zish niyatimiz yo'q.

Har doimgidek bo'lib qolaman. Sovrinlarga chanqoqmiz, biroq ilk navbatda tarkibni kuchaytirish kerak. So'nggi uch oyda o'yin sifatini kuchaytira oldik. Yigitlarning mashg'ulotlarga bo'layotgan munosabatlari menga yoqyapti. Asosiysi shu", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com