Sulsher, Anchelotti... APLda dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2021, 17:49
Angliya Premer-ligasida dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.

Ro'yxatdan MYU, "Everton", "Byornli" va "Aston Villa" ustozlari joy olgan.

APLda dekabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar:

1. Karlo Anchelotti ("Everton") - 5 o'yin, 4 g'alaba, 1 durang, to'plar nisbati - 7:2;

2. Ole-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted") - 6 o'yin, 4 g'alaba, 2 durang, to'plar nisbati - 15:7;

3. Shon Daych ("Byornli") - 6 o'yin, 3 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat, to'plar nisbati - 5:3;

4. Din Smit ("Aston Villa") - 5 o'yin, 3 g'alaba, 2 durang, to'plar nisbati - 8:1.


Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>>>> APL

APL oy murabbiyiga siz ham ovoz berishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi linkga kirasiz >>>>> Ovoz berish

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia