Subisarreta Xalilovichni “Barselona”ga olib kelishni tezlashtirmoqchi

27 fev 2014, 12:13
“Barselona” zagrebning “Dinamo” klubi yarim himoyachisi Alen Xalilovichning transferini tezlashtirmoqchi.
Kataloniyaliklar klubi sport direktori Andoni Subisarreta 17 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokara olib borish uchun Xorvatiya poytaxtiga borgan, deb xabar beradi Sport.es.

“Barselona”ning bunday qarorga kelishiga, futbolchi yevropaning boshqa klublar ham sotib olish uchun kurashayotgani sabab bo'lgan.

Ta'kidlab o'tamiz, kataloniyaliklar Xalilovich uchun 5 million evro va turli xil bonuslar taklif etishayapti.

Manba: sports.ru