Suares "Valensiya" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
15 apr 2018, 13:10
"Barselona" hujumchisi Luis Suares LaLiga 32-turi doirasida "Valensiya" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"YCHLdan chiqib ketganimizdan keyin muxlislar bizdan norozi bo'lishgandi. Endi esa har doimgidek munosabatda.

"Valensiya" - jiddiy raqib. Jamoa YCHLda qatnashish uchun kurashmoqda. Biroq biz chempionatdagi omadli yurishimizni davom ettirishni xohladik.

Ruhiy holatimizni hisobga oladigan bo'lsak, bizga tezkor gol juda kerak edi. Chunki "Valensiya" etarlicha muammolar tug'dira oladigan jamoa.

YCHLdan chiqib ketganimiz bizga qattiq zarba bo'ldi, shu boisdan g'alaba bizga juda kerak bo'ldi", - dedi Suares.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana