Suares to'purarlar poygasida Fati va Pako bilan peshqadamlik qilmoqda

25 okt 2020, 09:35
“Atletiko” hujumchisi Luis Suares shanba kuni “Betis”ga (2:0) qarshi bellashuvda raqib darvozasini ishg'ol etdi.

33 yoshli urugvaylik futbolchi joriy mavsumda besh bor foydali harakatni amalga oshirdi: raqiblar darvozasiga 4 ta gol urdi va bitta golga hammualliflik qildi.

La Liga to'purarlari poygasida futbolchi “Barselona” yarim himoyachisi Fati va “Vilyarreal” hujumchisi Alkaser bilan 1-pog'onani bo'lishib turishibdi.Har uchcha futbolchi to'rttadan gol urishga erishgan.

Suaresdan farqli ravishda Fati hisobida golli uzatma yo'q. Alkaser ham urugvaylik hujumchiga nisbatan bitta ko'p o'yinda qatnashgan va gollarining birini penaltidan kiritgan.

Mavsum avvalida Suares “Atletiko”dan “Barselona”ga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru