Suares: “Men hech qachon “Liverpul”ni va uning muxlislarini unutmayman”

Tolibjon Qosimov
11 iyul 2014, 18:46
Bugun rasman “Barselona” futbolchisiga aylangan Luis Suares “Liverpul” muxlislariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
“Men “Liverpul”ni tashlab, Ispaniyaga yangi hayot boshlash uchun ketyapman. Men va mening oilam “Liverpul” va uning muxlislarini yoqtirib qolgandik. Ular doimo meni va oilamni qo'llab kelishgan.

Men bu qarorga kelishim sababini tushunsangiz kerak. Ispaniyada yashab, futbol o'ynash mening orzuim edi va ayni damda menda shunday imkoniyat bor. Men “Liverpul”ga Chempionlar Ligasiga qaytishga yordam berganimdan hursandman.

Men yana bir bor barchaga rahmat aytmoqchiman! You'll Never Walk Alone!” – deydi Suares “Liverpul” rasmiy saytiga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com