Suares "Liverpul"ga "Selta" hujumchisini sotib olishni maslahat berdi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2019, 19:45
"Selta" hujumchisi Maksimiliano Gomes "Liverpul"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" forvardi Luis Suares sobiq klubiga yozgi transfer oynasida hamyurti Gomesni sotib olishni maslahat berdi.

Agar "Liverpul" hujumchini sotib olishni istasa, qizillar ispan klubiga 41 mln. evro to'lashiga to'g'ri keladi. Mersisaydliklarga "Chelsi" raqobatchi bo'lishi mumkin.

Joriy mavsum 22 yoshli Gomes "Selta" safida 24ta uchrashuv o'tkazib, 9ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: espn.com