Suares jahon chempionati saralashida gol urish bo'yicha Messidan o'zib ketdi

Оқил Абдубарноев
30 mar 2022, 19:04
Luis Suares jahon chempionati Janubiy Amerika mintaqasi saralash bosqichida gol urish bo'yicha Lionel Messini ortda qoldirdi.

Kecha "Atletiko"ning 35 yoshli forvardi Urugvay - Chili uchrashuvida (2:0) gol urdi. Bu Luisning 62-uchrashuvdagi 29-goli bo'ldi.

Argentina terma jamoasi safida Messi Ekvadorga qarshi bahsda gol ura olmadi (1:1). PSJ forvardi JCH saralash bosqichida urugvaylik futbolchiga qaraganda ikkita kam o'yin o'tkazdi.

Jahon chempionati saralash bosqichidagi gollar soni bo'yicha rekord gvatemalalik Karlos Ruisga tegishli - 39 gol. Kuchli uchlikka, shuningdek, Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 36 gol) va Ali Dai (Eron, 35) kirgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN