Suares borasidagi apellyaciya rad etildi

Aslanov Jasurbek
17 fev 2017, 16:41
Bir necha kun oldin "Barselona" "Atletiko"ga qarshi Ispaniya Kubogi yarim final javob uchrashuvida hujumchi Luis Suaresga ko'rsatilgan qizil kartochka borasida apellyaciya bergan edi.

Ispaniya futbol federatsiyasi ushbu apellyaciyani rad etdi. Ammo Kataloniya klubi bu qarorga rozi bo'lmoqchi emas. Endi "Barselona" sport arbitraj sudiga qizil kartochka borasida murojaat qilmoqchi.

Agar ushbu apellyaciya ham rad etilsa, Luis Suares "Alaves"ga qarshi Ispaniya Kubogi final uchrashuvida maydonga tushmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia