Suares: "Barselona" barcha sovrinlarni yutmoqchi"

Mirjalol Normatov
29 may 2020, 21:59
"Barselona" hujumchisi Luis Suares mavsumning qayta boshlanishi borasida gapirdi.

"Mashg'ulotlarga qaytganimizdan xursandman. Avvaliga murabbiy Xuanxo bilan bir necha kun mashg'ulot o'tkazdik, keyinchalik sekin-sekinlik bilan umumiy guruhga o'tdik. Bunday imkoniyatdan mamnunmiz, ammo hozirgi holat barchaga birdek ta’sir qilmoqda.

Koronavirus mening tiklanishimda ham kerak bo'ldi, endi o'tkazib yuborishim mumkin bo'lgan o'yinlarda qatnashishim mumkin. 

Maqsadimiz - o'sha-o'sha o'zgarmagan, barcha sovrinlarni yutishni istaymiz. Hozirda yaxshi holatga kirib boryapmiz. Jamoa ham yaxshi ishlamoqda, kayfiyatning yuqoriligi ham natijalarga ta’sir o'tkazadi", - dedi futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal