

"Mavsumni sovrin va uchta g'alaba bilan boshlash yoqimli. Shunday davom etishimiz kerak. Yaxshi natijalar qayd etishda davom etishimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
"Neftchi" loyihasi menga juda maqul keldi. Shuning uchun ham jamoaga kelib qo'shildi. "Neftchi" O'zbekiston chempioni va bugun Superkubokni qo'lga kiritdi. Shuningdek, Elit OCHLda o'ynaymiz. Barchasi ajoyib ketmoqda. Bu erda ekanligimdan baxtliman.
Muxlislarga ham katta rahmat. Safarda o'ynayotganimizga qaramay 10-15 ming nafar muxlis stadionga tashrif buyurdi", - deya aytib o'tdi Stipe Perica final bahsi yakunlangach.




