Srechko Katanets: "Gonkong qanday qilib ochko olmagani va faqat bitta gol urgani hayratlanarli"

Tolibjon Qosimov
20 mar 2024, 18:10
Ertaga, 21 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 va Osiyo Kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichi doirasida Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets va futbolchimiz Odiljon Hamrobekov Gonkongga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Srechko Katanets: "Biz bu erga g'alaba qozonish uchun keldik. Bir hafta davomida o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun barcha ishni qilamiz. Iroq terma jamoasi murabbiyi sifatida avval Gonkong terma jamoasiga qarshi bahs olib borganmiz. Biroq bu umuman boshqa darajadagi o'yin edi. O'shanda raqib jamoa chuqur himoyalangan. Hozir vaziyat o'zgargan. Jamoa Osiyo kubogida ham yorqin o'yin namoyish etdi.

Gonkong Eronga qarshi va guruhdagi boshqa uchrashuvlarda bir qancha xavfli hujumlar tashkil etdi. Bu jamoa qanday qilib turnirda ochko qo'lga kirita olmagani va faqatgina bitta gol urgani hayratlanarli. Futbolchilarimga bu o'yinga oddiy bahs sifatida qaramasliklarini maslahat beraman. Kimdir oson o'yin bo'ladi deyishi mumkin, biroq unday emas. Gonkong tarkibida bir qancha braziliyalik mahalliylashtirilgan futbolchilar bor. Ushbu jamoani hurmat qilamiz.

Turkmanistonga qarshi sun'iy chimli maydonda o'ynadik, ertangi bahs o'tkaziladigan stadion maydoni esa biroz kichikroq ekan. Shundan kelib chiqqan holda ular bizga yaxshigina qarshilik ko'rsatadi deb o'ylayman.

Jahon chempionati saralash bosqichi barcha futbolchilardan jiddiy yondashuvni talab qiladigan musobaqa. Bu erga kecha oqshomda yetib keldik va bir marta mashg'ulot o'tkazdik. Ertaga muhim o'yinda ishtirok etishimiz kerak. Qanday holat bo'lishini oldindan bilmaymiz. Shunga qaramay rejalar o'zgargani yo'q.

Ertangi bahsda raqib jamoa muxlislari ko'proq bo'ladi. Bu o'yinga jiddiy ta’sir o'tkazmaydi, deb o'ylayman".


Odiljon Hamrobekov: "Maqsadimiz sari yana bir muhim bahs bizni kutib turibdi. Jamoadoshlarimiz bilan birgalikda uchrashuvga tayyormiz".


FOTO  O'zbekiston MTJ Gonkongga qarshi bahsda qanday rangdagi libosdan foydalanadi?

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати