Sportelloda yana koronavirus aniqlandi

23 apr 2020, 23:40
"Atalanta" darvozaboni Marko Sportello koronavirus infekciyasi bilan ikkinchi marta zararlandi.

Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar qildi. 27 yoshli italiyalik futbolchi 20 mart kuni infekciyaga chalingani ma'lum qilingandi. Keyinroq uning ahvoli yaxshilangani va test natijalari salbiy chiqqani xabar qilindi. Bugun ma'lum bo'lishicha, golkiper virusga qayta chalingan. Ayni paytda uning ahvoli yaxshi, futbolchi o'z uyida karantinda qolishda davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Gazzetta dello Sport