"Spartak" Oston O'runov uchun "Rubin"dan 6 million evro so'radi

Aslanov Jasurbek
23 dek 2020
"Moskvaning "Spartak" klubi o'zbekistonlik futbolchi Oston O'runovni "Rubin"ga nima sababdan sotmagani ma'lum bo'ldi",- Metaratings.ru sayti.

"Rubin" klubi rahbarlari Oston O'runovni sotib olish uchun "Spartak"ga rasmiy taklif yuborishdi. Ushbu taklifni dastlab rad etgan moskvaliklar so'ngra futbolchini 6 million evro evaziga qo'yib yuborishni sharti bilan rozi bo'lishni ma'lum qilishdi. Qozonliklarni ushbu narx qoniqtirmadi. Shundan so'ng klub "Senan Balmere"dan 21 yoshlik yaponiyalik yarim himoyachi Micuke Satoni ijaraga oldi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Metaratings.ru