Spalletti Italiya termasining jahon chempionatiga chiqishiga ishonadi

Mirjalol Normatov
12 okt 2025
Italiya termasi sobiq bosh murabbiyi Luchano Spallettining fikriga ko'ra, "skuadra adzurra" JCH-2026da qatnashadi.

Mundial uchun bo'layotgan saralashda Italiya termasi peshqadam Norvegiyadan 6 ochko ortda qolgan holda 12 ochko bilan I guruhida 2-o'rinda bormoqda.

14 oktyabr kuni italiyaliklar safarda Isroil termasiga qarshi o'ynaydi. Ushbu termaga qarshi ilk o'yinda italyanlar 4:1 hisobida g'alaba qayd etgandi.

"Italiya jahon chempionatiga boradi. Ishonaman, shunday bo'ladi.

Futbolchilarning irodasi kuchli, Gattuzo ikki hujumchi orqali jamoadagi balansni topdi. Shu orqali u Isroilni mag'lub qildi", - dedi Spalletti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com