Solari 15 kun davomida “Real”ga murabbiylik qiladi

Aziz Tukhtamuradov
30 okt 2018, 01:41
Xabar berganimizdek, “Real” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegini iste'foga chiqardi.

Endi "Qirollik klubi”ni vaqtincha “Kastilya” bosh murabbiyi Santyago Solari boshqarib turadi. Mavjud qoidalarga muvofiq vaqtinchalik tayinlangan murabbiy ko'pi bilan 15 kun jamoani boshqarishi mumkin. 

Shundan so'ng, klub rahbarlari yangi bosh murabbiyni keng ommaga tanishtirishlari shart. Solari “Real”ni Ispaniya Kubogi doirasidagi “Melilya”ga qarshi o'yinda maydonga boshlab tushadi. Bu uchrashuv 31 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif