"So'g'diyona": Zomindagi mashg'ulotlar davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2014, 19:33
"So'g'diyona" a'zolari 4 iyun kuni Jizzaxda yig'ilishgandi.
Jamoa 6 iyuldan Zomin tog'larida mashg'ulotlarga kirishdi. Tarkibda hozircha hech qanday o'zgarishlar yo'q. Mashg'ulotlar ikki mahaldan olib borilmoqda. Asosan futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilashga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Jamoa Zomindagi yig'inni 16 iyul kuni yakunlab, Toshkentga yo'l oladi va u yerda bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Jamoadagi o'zgarishlar va yangiliklar haqida saytimiz hamda rasmiy tvitterimizdagi ma'lumotlar orqali tanishib borishingiz mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz