"So'g'diyona": Tayyorgarlik bugundan boshlanadi

Narzulla Saydullayev
12 noya 2017, 12:30
Xabaringiz bor, jamoamiz o'tgan turda “Navbahor”ga qarshi bahs olib borgan edi va mag'lubiyatga uchradi.

Shundan so'ng jamoa murabbiylar shtabi futbolchilarga qisqa muddatli tatil bergan edi. Bugun jamoa “So'g'diyona” qarorgohida yig'iladi va navbatdagi turdagi raqibi “Qo'qon-1912” ga qarshi tayyorgarlikni boshlaydi.

Muxlislarmiz uchun xushxabar. “Metallurg”ga qarshi bahsda chetlatilgan Ixtiyor Toshpo'latovning diskvalifikaciya muddati yakunlandi va u bo'lajak o'yinda jamoaga yordam bera oladi. Elyor Orifov sariq kartochalari soni 4 taga etkanligi sababli o'tkan o'yinni o'tkazib yuborgan edi. Endi u ham jamoaga yordam bera oladi.

Bo'lajak o'yinni  sariq kartochkalari soni 4 taga etkanligi sababli Otabek Valijonov o'tkazib yuboradi.
 
Eslatib o'tamiz, “Qo'qon-1912 ” ga qarshi bahs 19 noyabr kuni “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia