"So'g'diyona" so'nggi bor Qarshida qachon g'alaba qozongan?

Iskandarov Abdulaziz
9 noya 2024
Bugungi kun doirasidan o'rin olgan yana bir uchrashuvga oid faktlar bilan o'rtoqlashishda davom etamiz.


"So'g'diyona" bugun Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ladi. Ivan Boshkovich shogirdlarida mavsumni kuchli uchlikda yakunlash imkoniyati yo'qolmagan. Mezbonlar esa chempionlikni g'alaba orqali nishonlashni niyat qilgani tabiiy. Jamoalar shu kungacha 24 marotaba Qarshida to'qnash kelishgan. Bu boradagi katta ustunlik "ajdarlar" tomonida, 19 g'alaba. "So'g'diyona" o'z tarixida faqat 2 bor mehmonda yutuqni qo'lga kiritgan. So'nggi g'alaba 2018 yilgi mavsumda nishonlangan (2:1).


30.04.2018. "Nasaf" - "So'g'diyona" 1:2

23.10.2018. "Nasaf" - "So'g'diyona" 3:0

31.03.2019. "Nasaf" - "So'g'diyona" 3:1

17.08.2020. "Nasaf" - "So'g'diyona" 3:0

04.07.2021. "Nasaf" - "So'g'diyona" 1:0

09.10.2022. "Nasaf" - "So'g'diyona" 1:1

23.11.2023. "Nasaf" - "So'g'diyona" 0:0


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia