"So'g'diyona" safida ikki nafar yangi futbolchi ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2017, 15:56
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini boshladi.
Olingan ma'lumotlarga ko'ra, jamoa safida ikki nafar yangi futbolchi ko'rikdan o'tmoqda. Bular "Oq-tepa" klubidan himoyachi Zafarjon Qoraqulov va darvozabon Farhod Yo'ldoshev. Posbon o'z vaqtida O'zbekistonda "Yangier", "Andijon", "Dinamo", "So'g'diyona" va "Metallurg" kabi klublarda o'ynagan. 2008 yildan buyon Yo'ldoshev Tojikiston jamoalari sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Uning so'nggi klubi "Daleron-O'rottepa" bo'lgan edi.

Oldinroq "So'g'diyona" yarim himoyachisi Muzaffar Muzaffarov "Neftchi" tarkibiga, klub himoyachisi Akmal Xolmurodov "Qo'qon-1912" safiga qo'shilgani haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia