“So'g'diyona” muxlislari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
4 mar 2018, 15:56
Bahorning ilk kunlaridan O'zbekiston Superliga mavsumiga rasman start berildi.

Dastlabki turda “So'g'diyona” safarda “Paxtakor”ga qarshi bahs olib bordi va  2-turda esa o'z maydonida Farg'onaning “Neftchi” klubini qabul qiladi.

Ushbu o'yinni yuqori saviyada o'tkazish maqsadida “So'g'diyona” muxlislar klubi ertaga soat 14:00da yig'ilish o'tkazishni rejalashtirgan. Muxlislar klubiga a'zo bo'lishni istaganlardan ertaga yig'ilishga pasport nusxasi va 3x4 xajmdagi fotosurat olib kelishlarini so'raladi.

Murojaat uchun: +998906431650  
Xatamov Bahodir
 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz