“So'g'diyona” murabbiylar shtabida o'zgarish

Aziz Tukhtamuradov
24 iyul 2017, 17:00
Avval ma'lum qilganimizdek ,jamoa bosh murabbiyi Davron Fayziev o'z arizasiga binoan klubni tark etgandi.

Jamoani yordamchi murabbiy Diyor Fayziev boshqarib kelayotgandi. Klub raxbariyati Diyor Fayzievni jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinladi.

Shu bilan birga  , Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasida yangi murabbiy ish boshladi. Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Zohid Nurmatov endilikda jamoada yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritadi va u futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga masul bo'ladi. 53 yoshli mutaxassis bungacha oliy liganing “Nasaf”, “Dinamo”, “Guliston”, “Navbahor” hamda “Andijon” kabi jamoalarida Bahrom Hakimov va Baxtiyor Ashurmatovga yordamchi murabbiy sifatida asssisentlik qilgan. Qo'qonlik murabbiyning so'nggi ish joyi “Andijon” edi. O'tgan yili may oyida o'z arizasiga ko'ra, “burgutlar” bilan xayrlashishga qaror qilgan Nurmatov bungacha hech bir jamoada ko'rinish bermay kelayotgandi.
Biz yangi murabbiyimizga jamoamiz ravnaqiga o'z hissasini qo'shishida, kuch-quvvat va omad yor bo'lishini tilab qolamiz.


“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia