"So'g'diyona" ikkinchi davraga tayyorgarlikni Turkiyada olib boradi

Iskandarov Abdulaziz
8 iyul 2024, 21:45
Superliga jamoalari ikkinchi davraga taraddud rejasini allaqachon ishlab chiqishgan.

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi yozgi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkazishni reja qilgan. Ivan Boshkovich boshchiligidagi jamoa a'zolari u yerda ikkinchi davraga tayyorgarlik olib boradi va bir nechta nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi. 


Ma'lumot uchun, "So'g'diyona" birinchi davradan so'ng turnir jadvalida 23 ochko bilan 3-o'rinda ketmoqda. Bundan tashqari O'zbekiston kubogi nimchorak finalida "Neftchi"ni taslim qildi va chorak finalga yo'l oldi. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia